Namanganda maktab direktori 65 yoshli o‘qituvchiga “kalla qo‘ydi”

3-sahifa

image

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida maktab direktori o‘qituvchi bilan mushtlashdi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 28 fevral kuni Kosonsoy tumanidagi 2-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Ushbu maktabning direktori 65 yoshli o‘qituvchi bilan yoqalashgan va unga qarata “kalla qo‘ygan”.

Maktab direktoriga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan kunning o‘zida jabrlangan o‘qituvchining 1992 yilda tug‘ilgan o‘g‘li uni belgilangan joyga chaqirib, u bilan janjallashgan.

Jabrlangan o‘qituvchi esa o‘sha kungi holatni quyidagicha tasvirlagan:

“Dars o‘tayotgan paytimda eshikni taqqilatmasdan direktorimiz va boshqa xodimlar kirib keldi. Direktorimiz bor ovozi bilan bolalarga ham, menga ham baqirdi. Shundan so‘ng men unga tashqariga chiqaylik, bolalarni oldida hurmatni saqlaylik dedim. Tashqariga chiqqandan keyin, direktor yoqamdan tutib, menga qarata “kalla qo‘ydi”, degan o‘qituvchi.

Keltirilishicha, hozirda holat huquq-tartibot organi tomonidan nazoratga olingan. Maktab direktori aybini bo‘yniga olib, o‘qituvchidan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan janjal maktab direktori o'qituvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing