Namanganda Lacetti bilan to‘qnashgan “Jiguli” yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumani yo‘lida "Jiguli" va Lacetti avtomobillari to‘qnashib, oqibatda "Jiguli" ag‘darilib, butkul yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi izoh berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 27 avgust kuni Chust tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 03:45da, 112 Farg‘ona xalqa yo‘lining 52 kmda Namangan–Toshkent yo‘nalishida xarakatlanayotgan Lacetti va VAZ 2107 avtomobili ishtirokida yo‘l-transport xodisasi sodir bo‘lib, VAZ 2107 yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan Favqulodda vaziyatlar boshqarma va qutqaruvchilar voqea joyiga yuborilgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida jabirlanganlar bor, hozirda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing