Namanganda xotinini o‘ynashi bilan ushlab olgan er uni “samosud” qildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida fuqaro xotinini o‘ynashi bilan tutib olgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro N.N. joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 23:00 larda, yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i D.K. bilan M.U.ni ishqiy munosabatda bo‘layotgan vaqtida ushlab olgan. So‘ng 10 nafar qarindosh va mahalladoshlari bilan M.U.ni arqon bilan bog‘lab, holatni tasvirga olib, hech bir roziliksiz qonunga xilof ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan.

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 13 oktyabr sanasida Yangiqo‘rg‘on tuman sudining ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudda fuqaro N.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblanib bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, D.K.ga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari hisobida jarima jazosi tayinlangan. Fuqaro M.U.ga esa 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, voqeada ishtirok etgan hamda uni tasvirga olib, tarqatgan shaxslarga ham jarima jazosi belgilanib, 5,7 va 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4578

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing