Namanganda qizchani kelinoyisi nega kanalga cho‘ktirib, o‘ldirgani aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Namangandagi kanaldan 5-sinfda o‘qiydigan qizning jasadi topilgani, uni suvga kelinoyisi itarib yuborgani haqida xabar bergan edik.

Olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari davomida qizaloqni amakisining xotini nima maqsadda itarib yuborgani aniqlandi. "Zamon" informatsion ko‘rsatuvida o‘quvchi qizning nega itarib yuborilganiga oydinlik kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 aprel kuni Chortoq tumanidagi 47-maktabning 5-sinfida o‘qiydigan Ma’rifatni amakisining xotini darsi tugamasdanoq olib ketgan. U qizaloqni Chortoq tumanidan oqib o‘tuvchi katta Namangan kanaliga olib borib, itarib yuborgan. 

22 yoshli kelin avvalroq oilada o‘g‘rilik qilgan va shu sababli oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan. Bu haqida uning qaynonasi gapirib bergan:

"Kelinlarim o‘rtasida gap-so‘z, janjal bo‘lmagan. U kelinimni o‘g‘lim bilan alohida chiqargan edik. Avvalroq o‘sha kelinim o‘g‘rilik qilib qo‘lga tushdi, shundan keyin o‘g‘lim "men o‘g‘ri ayol bilan yashamayman", deb ajrashmoqchi bo‘ldi. Biz kechir uni bir safar desak ham, u bilan ortiq yashashni xohlamadi. Natijada shundan g‘azablangan kelin nevaramni cho‘ktirib, alamini olgan".

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Abdurashidova Yulduz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2579

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing