Namanganda qalbaki $10,6 mingni muomalaga chiqarmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
23 iyun 2022
4706Namanganda 10,600 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki chet el valyutasini muomalaga chiqarmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan sudlangan fuqaro T.Sh. shaxsiy tintuvdan o‘tkazilganida, uning yonida 10 600 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki chet el valyutasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida u qalbaki xorijiy valyutalarni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan M.B.dan olgani ma’lum bo‘lib, u ham qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan “Tinar” ismli shaxs tomonidan aylanma yo‘llar orqali Yangiqo‘rg‘on tumani hududiga o‘tkazilgan ushbu qalbaki valyutalar Toshkent shahrida muomalaga chiqarilishi kerak bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan T.Sh. va M.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi