Namanganda ikki velosipedchi YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 va 9 iyul kunlari Namangan viloyatining ikki tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida velosiped haydovchilar halok bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.

4 iyul kuni soat 08:30 larda Uychi tumani “Mustaqillik” mahallasi hududida shu tumanda yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan “VAZ-21063” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgan. Afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvchi 9 iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, 9 iyul kuni sodir bo‘lgan YTH ham afsuski ayanchli yakun topgan. Soat 16:30 larda Kosonsoy-Namangan yo‘lining 17 kmda tumanda yashovchi fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay og‘ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etdi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH velosipedchi

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing