Namanganda ikki tumanni bog‘lab turuvchi ko‘prikni suv yuvib ketdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarini bog‘lab turuvchi Begabod ko‘prigini sel yuvib ketayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi.  Ushbu holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilninig 22 may kuni viloyatda yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida Yangiqo‘rg‘on tumani Iskovot–Baliqko‘l yo‘lining 6-7 kilometridagi ko‘prikning chap tomoni yemirilgan.

Bugun, 27 may kuni esa kuchli yomg‘ir yog‘ishi, soyda suv ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlari va ekin maydonlariga zarar yetmagan. 

“Hozirda ko‘prik to‘liq nazoratga olingan hamda sel kelish xavfini oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari kunu-tun shay holatda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gidrometereologiya xizmati markazi aholiga ogohlantirish bilan chiqib, 27-29 may kunlari 9 viloyat hududlarida sel kelishi xafvi borligidan ogohlantirgan edi. Ogohlantirishda Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida ham sel kelishi xavfi borligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing