Namanganda fuqaro qarzga olgan Gentraʼni birovga sotib yubordi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida fuqaro sotib olgan Gentra rusumli mashinani qarzini to‘lamasdan boshqa birovga sotib yubordi. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, 2023 yilning 4 aprel kuni Namangan tumani “Navqiron” mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan IIBga murojaat qilgan. Unda aytilishicha, shu yilning 21 yanvar kuni Namangan shahar “Orzu” mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs uning ishonchiga kirib, Gentra rusumli avtomashinasini 17 500 AQSH dollariga sotib olishga kelishgan. Pullarini 10 kun muddatda berishini aytib, aldab 7 500 AQSH dollarini berib, qolgan pullarni bermagan. Avtomashinani esa boshqa shaxsga sotib yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2023 yil 21 aprel kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing