Namanganda eshak go‘shti sotilgani aytilmoqda. IIB izoh berdi
3-sahifa
−
17 Oktabr 2021
10611Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda eshak go‘shtini so‘yganlar ushlangani haqida xabar tarqaldi. Unda eshak go‘shti sotuvga chiqib ketgan bo‘lishi ham mumkinligi aytilgandi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 16 oktyabr kuni IIB 102 qisqa raqamiga “Boburshoh” MFY, Boburshoh ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy oldidagi chiqindi tashlash joyiga M-412 rusumli avtomashina xaydovchisi eshakning ichki a’zolarini tashlab ketayotgani to‘g‘risida xabar berilgan.
Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilganda, Uychi tumanida tug‘ilgan fuqaro shu kuni so‘yilgan eshak go‘shtidan chiqqan chiqindilarni akasining uyidan olib, chiqindixonaga tashlab ketgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, uning akasi 16 oktyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan hayvon bozoridan 3 bosh eshakni 580 000 so‘mga sotib olib, xonadonida so‘ygan. Go‘sht mahsulotlarini u Namangan shahrida yashovchi 73 yoshli tanishiga sotgan.
Go‘shtni sotib olgan fuqaro shaharda joylashgan hayvonot bog‘ida “ekspeditor” bo‘lib ishlashini, hayvonlarga kunlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan. U 16 oktyabr kuni 600.000 so‘mga go‘sht mahsulotlarini sotib olgan va hayvonot bog‘idagi hayvonlarga bergan. U eshak go‘shtini muntazam ravishda sotib olgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB tomonidan tekshiruv xarakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi