Namanganda do‘kondan kiyim o‘g‘irlagan ayol “samosud” qilindi (video)
3-sahifa
−
17 iyul
19675Ijtimoiy tarmoqda do‘kondan kiyim-kechaklar o‘g‘irlagan ayol sotuvchilar tomonidan “samosud” qilinayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan bog‘landi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 14 iyul kuni Mingbuloq tumani Jomasho‘y shaharchasida sodir bo‘lgan. Ayol taxminan 1 mln 190 ming so‘mlik kiyimlarni ustma-ust kiyib, do‘kondan chiqib ketayotgan paytda ushlangan.
Holat bo‘yicha Mingbuloq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida ayolga nisbatan “Tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“Shuningdek, videoda tasvirlangan “samosud”ga ham alohida huquqiy baho beriladi”, deydi IIB matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni arqon bilan bog‘lab haqorat qilgan va urib, tan jarohati yetkazgan erkak “samosud” qilingandi.
LiveBarchasi