Namanganda DXXning soxta xodimi pora olayotganda ushlandi
3-sahifa
−
04 noyabr 2022 8242 1 daqiqa
Namanganda o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirgan shaxs pora olayotganda ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
DXX tomonidan Namangan viloyatining Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini DXX xodimi deya tanishtirgan shaxs mahalliy fuqarodan 5 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlangan.
U mazkur fuqaroning tanishiga nisbatan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa yengilroq jazo turiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
Qayd etilishicha, soxta xodim muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025