Namanganda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi (18+)
3-sahifa
−
22 aprel 2021 9528 1 daqiqa
Namangan viloyati Namangan tumanida Damas haydovchisi urib yuborgan 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 aprel kuni soat 16:30 larda Namangan viloyati Namangan tumani “Mullaqudinov” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib, chap tomondan o‘ng tomonga yo‘lni yugurib kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotgani sababli avtomobil ag‘darilgan.
Oqibatda 2013 yilda tug‘ilgan piyoda A.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Namangan tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28