Namanganda Cobalt urib yuborgan piyoda vafot etdi
Jamiyat
−
15 may 2021
2581Namangan viloyati Pop tumanida 28 yoshli fuqaro Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 mart kuni soat 23:30 larda, Pop-Temiryo‘l stansiyasi yo‘lining 1-kilometri – Pop tumani Xo‘jaobod mahallasi hududida, haydovchi boshqa fuqaroning nomida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilni ishonchnoma orqali Iskovut yo‘nalishida boshqarib borayotib, xarakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomonida ketayotgan piyoda – 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, joriy yilning 30 mart kuni vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 mart kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ushbu kodeksning 266-moddasi 2-qismiga malakalangan.
LiveBarchasi