Namanganda ayol o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashladi
Jamiyat
−
11 iyul 2022
20512Namangan viloyatida o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlagan ayolning hayoti qutqaruvchilar tomonidan saqlab qolindi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 11 iyul kuni soat 16:30 larda Namangan shahar Davlatobod tumani “O‘rta Rovuston” MFY xududidan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanali qirg‘og‘ida shaxsi noma’lum ayol kishi o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lib turgani haqida fuqarolar tomonidan “102” qisqa raqamiga murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan zudlik bilan voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan vaqtda ayol o‘zini kanalga tashlagan. Qutqaruvchilar ayolni sog‘-salomat kanaldan qutqarib olib chiqib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
LiveBarchasi