Namanganda ag‘darilgan yuk mashinasi yonib ketdi
3-sahifa
−
08 iyul 2021
5099Namangan viloyati Pop tumanidan o‘tgan A-373 Toshkent – O‘sh avtomobil yo‘lida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 iyul kuni soat 07:10 larda Namangan viloyati A-373 Toshkent – O‘sh avtomobil yo‘lining 242-kilometrida 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi N.A. Mercedes-Benz actros 1836 rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, ag‘darilgan, Oqibatda mashinada yong‘in sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ag‘darilish va yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq”da benzin tashuvchi avtomoil yonib ketib, 2 kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi