Namanganda 8 yoshli bola is gazidan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi. U is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 8 yanvar kuni soat 11:22 da Chust tumani “Yorqishloq” mahallasidagi xonadonlarni birida voyaga yetmagan 2014 va 2019 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar sog‘lig‘i yomonlashib shifoxonaga olib kelingan. 

2014 yilda tug‘ilgan bolaga tuman Tibbiyot birlashmasida birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan. Hozirda o‘lim sababi aniqlanmoqda. Uning ukasining holati haqida ma’lumot berilmagan.

Yakuniy xulosa sud tibbiy ekspertizasi xulosasidan so‘ng ma’lumot beriladi.  

Hozirda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Namanganda “Dok-1 Maks” dorisini qabul qilgan bola vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing