Namanganda $58 200 ga yer sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
12 noyabr 2021
4038Namanganda fuqaroga 1,2 gektar yer maydonini 58 200 AQSH dollari evaziga olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati a’zosi K.U. o‘zi va qo‘shnisiga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati, Piskent tumanida joylashgan, jami 1,2 gektar yer maydonini fuqaro U.ga sotishga kelishib olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, K.U. fuqaro U.ga yerni 58 200 dollarga sotishga kelishib, tanishlari yordamida yerga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni tayyorlab berishi evaziga oldindan 10 000 AQSH dollari va 75 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi