Namanganda 5-sinf o‘quvchisi YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
20 Sentabr 2022
8021Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 10:40 larda Namangan viloyatining Mingbuloq tumani Chordona mahallasi hududidan o‘tuvchi “Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon” yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Chordona mahallasida yashovchi A.N. Lacetti rusumli avtomashinasida yuqori tezlikda kelib, yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan yosh qizni urib yuborgan.
Oqibatda qizcha og‘ir tan-jarohatlari oqibatida tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
LiveBarchasi