Namanganda 4 kishi suvda cho‘kib ketdi. 1 kishining jasadi topildi
3-sahifa
−
28 iyul 11386 1 daqiqa
Namangan viloyatida daryoga cho‘kib ketgan 2004 yilda tug‘ilgan yigitning jasadini izlayotgan g‘avvoslar boshqa fuqaroning jasadini topdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 iyul kuni soat 14:06 da 112 qisqa raqamiga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, Namangan shahri “Gulbog‘” MFYda yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan tumani “Sho‘rqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosiga tushib ketgani haqida xabar berilgan.
Mazkur murojaat asosida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus qutqaruv otryadining Suvda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Kuni kecha, 27 iyul kuni boshqa bir fuqaroning jasadi daryodan topilib, qutqaruvchilar tomonidan qirg‘oqqa olib chiqilgan va tegishli tartibda topshirilgan.
Shuningdek, joriy mavsum davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda cho‘milish oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar sababli bir necha fuqarolar hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgi vaqtda ham cho‘milish taqiqlangan joylarda cho‘kib ketgan 2 nafardan ortiq fuqaroni qidirish ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida cho‘milish maqsadida Bo‘zsuv kanaliga borgan 16 yoshli bola cho‘kib ketgan edi.
Live
Barchasi