Namanganda 4 egizak dunyoga keldi

Jamiyat

image

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 4 egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Egizaklarning 2 nafari o‘g‘il va 2 nafari qiz bo‘lib, ayni paytda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida.

Tug‘uruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarilgan.

Egizaklar otasining aytishicha, ularning avlodida qo‘sh farzandlar tug‘ilishi ko‘p kuzatilgan, ammo 4 egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan egizak\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made