Namanganda 31 yoshli erkak og‘zaki tortishuv sabab tanishini pichoqladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Namangan viloyati Davlatobod tumanida 32 yoshli erkak tanishini og‘zaki tortishuv sabab pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 may kuni soat 16:00 larda 32 yoshli M.Q. Davlatobod tumani Navbahor mahallasida yashovchi tanishi T.Sh.ning uyiga kelgan vaqtida, u yerda bo‘lgan 31 yoshli N.I. bilan og‘zaki tortishib qolib, uning qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib jarohat yetkazgan. Oqibatda N.I. “gemoperitoneum post gemorragik shok-1-2 darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing