Namanganda 31 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
16 noyabr 2023
2894Namangan viloyati Uychi tumanida 31 million so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Uychi tumanida fuqarolar xorijda ishlab chiqarilgan “7Shots” nomli 224 dona pirotexnika buyumini 31,3 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 56 donasini yetkazib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.
LiveBarchasi