Namanganda 300 grammlik quyma oltin sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlatobod tumanida yashovchi B.S. va N.K. 3 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni fuqaro E.A.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ular quyma metallarni 20 ming AQSH dollariga baholagan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 3 dona sariq rangli metall umumiy vazni 298,43 gramm bo‘lgan “992” probali sof oltin ekanligi qayd etilib, 222,8 mln so‘mga baholangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan oltin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing