Namanganda 3 yashar bola quduqqa tushib ketdi 

Jamiyat

image

Namangan viloyati Pop tumanida uch yoshli bola qopqog‘i ochiq bo‘lgan quduqqa tushib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 iyun kuni 18:00 atrofida Ozod mahallasi Navro‘z ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi 2019 yilda tug‘ilgan I.M. ko‘chada o‘ynab yurgan paytda ehtiyotsizligi tufayli qopqog‘i ochiq turgan quduqqa tushib ketgan. 

Qo‘ni-qo‘shnilar yordami bilan bola quduqdan chiqarib olingan. Holat bo‘yicha tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga hech qanday ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda bola sog‘-salomat. Pop tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlarga quduq qopqoqlarini ochiq qoldirmaslikdan ogohlantirgan. 

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida olti yoshli bola 25 metrli artezian quduqqa tushib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

752

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing