Namanganda 27 yoshli yigit Sirdaryo daryosida cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
15:05 1496 1 daqiqa
Namangan viloyati Namangan tumani “Oq yer” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida 27 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 iyul kuni soat 18:26 da 112 qisqa raqami orqali kelib tushgan murojaatga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Puchug‘oy” MFYda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Sirdaryo daryosida cho‘milayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida suvda cho‘kib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi qutqaruvchi g‘avvoslari tomonidan suv ostida, Namangan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan esa suv ustida qidiruv ishlari uzluksiz olib borilmoqda.
Qidiruv ishlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatidagi Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borgan 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketib, vafot etgandi.
Live
Barchasi