Namanganda 216 million so‘mlik dori-darmonlar to‘xtatildi
Jamiyat
−
19 avgust 2019
3609Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida, fuqaro X.S. boshqaruvidagi “GAZ-2834” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda Namangan shahri I.Karimov ko‘chasida to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu yuk mashinasida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 216 million so‘mlik 5 ming 434 ta qadoqdagi dori-darmon vositalari borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi