Namanganda 20 yoshli haydovchi 53 yoshli fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 2 iyul kuni soat 17:50 larda 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia rusumli avtomobilda Yangiqo‘rg‘on – Namangan yo‘lining 5-kilometrida ketayotgan payt harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qolgan va yo‘lni kesib o‘tayotgan 1968 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda olgan tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan joriy yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida Spark haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan edi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing