Namanganda 2 ta kater to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor (video)
3-sahifa
−
18:37 4952 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida dam oluvchilar o‘tirgan 2 ta kater to‘qnashib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan bog‘landi.
IIBning ma’lum qilishicha, holat kecha, 23 avgust kuni Sirdaryo daryosining To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tgan hududida yuz bergan. Shuningdek, hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda hodisa oqibatida 2 kishi o‘lgani aytilgan edi. IIB bergan ma’lumot bu xabar to‘g‘riligini isbotlaydi. Chunki Jinoyat kodeksining 260-moddasi 3-qismi “a” bandi odamlar o‘limiga sabab bo‘lganda qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida unda bo‘lgan bir kishi cho‘kib ketgan edi.
Live
Barchasi