Namanganda 16 yoshli bola mashina olib qochib, YTH ga uchradi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida voyaga yetmagan shaxs avtomashinani olib qochib, yo‘l trasport hodisasiga uchradi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Chortoq tumanida yashovchi fuqaro A.O.ning Nexia-2 mashinasini soat tungi 02:30 da noma’lum shaxs uning xonadoni oldidan olib qochib ketgan. Shundan so‘ng, fuqaro tuman IIB ga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan mashina noma’lum shaxs tomonidan Pop tumanidagi yo‘l chetidagi beton ustunga urilib, pastlikka tushib ketgan holda topilgan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsga dastlab birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatilib, shaxsiga oydinlik kiritilgan. U muqaddam sudlangan Chortoq tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli M.A. ekani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Haydovchiga jiddiy shikast yetmagani sababli, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing