Namanganda 14 yoshli bola mashinada o‘z tengdoshini urib ketdi
3-sahifa
−
24 may 2022 15826 1 daqiqa
Namanganda 14 yoshli yigit "VAZ-2106" rusumli avtomobilda o‘zining tengdoshini urib yubordi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 20 may kuni soat 14:45 da Kosonsoy tumani “Kushon” MFY Hurriyat ko‘chasida sodir bo‘lgan.
2008 yilda tug‘ilgan bola (tumandagi 5-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi) "VAZ-2106" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotganda, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida ketayotgan piyoda, 2008 yilda tug‘ilgan X.B.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda X.B. og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Kosonsoy tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025