Namanganda 1-guruh nogironi uyga qo‘shilib yonib ketdi
3-sahifa
−
31 dekabr 2022
9968Namanganda xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bugun, 31 dekabr kuni Namangan shahar “Baynalminal” mahallasidagi xonadonlarni birida yong‘in sodir bo‘ldi. Kelib tushgan xabarga asosan soat 07:25da yong‘in qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Sodir bo‘lgan yong‘in qutqaruvchilar tomonidan soat 07:40da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida yashash uyiniing shift va tom qismidan 25 kvadrat metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in vaqtida 1-guruh nogironi — 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr