Namanganda haydovchining oldidan 1 kilodan ortiq “gashish” chiqdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Pop tumanida 1 kilogrammdan ortiq “gashish” moddasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Qo‘qon — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshkent shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Voyah rusumli avtomashina Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilgan.

Tekshiruv davomida avtomashina salonidagi o‘rindiq ostida qora rangli sellofan paket ichida sof og‘irligi 1 kg 178 gr “gashish” moddasi va 8 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u ushbu moddani poytaxtdagi mijozlarga sotish maqsadida olib ketayotgan bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand moddalarni sotgani uchun qo‘lga tushgan 19 yoshli yigit 8 yil muddatga qamalgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan haydovchi gashish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing