Namanganda harakatlanayotgan mashina yukxonasida o‘tirgan 21 yoshli yigit vafot etdi
3-sahifa
−
14 Oktabr
13334Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat 2 oktyabr kuni soat 16:00 atrofida tumanning Bog‘ibaland ko‘chasidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan. 21 yoshli “VAZ-2107” haydovchisi do‘stini mashina yukxonasiga o‘tqizib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan.
Yukxonadagi yigit ehtiyotsizlik oqibatida yerga yiqilgan va turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 12 oktyabr kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan ish ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi