Namanganda ham prokuratura xodimi pora bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
11:16
6416Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prokurorning katta yordamchisi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni o‘rganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan.
Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 2400 AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrining Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan ushlangandi.
LiveBarchasi