Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 16 fevral kuni Namangan viloyati prokuraturasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ham ishtirok etgan va tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishda adliya katta maslahatchisi Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Bektosh Sayipov 2021 yilning mart oyidan tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing