Namangan viloyati “zamhokim”i tumanga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Ahror Mansurov Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

Ahror Mansurov 2021 yildan shu kunga qadar viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.

Ahror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tumani davlat notarial idorasida boshlagan. 2014-2016 yillarda Namangan viloyati adliya boshqarmasida ishlagan. 2016-2019 yillarda Namangan viloyati hokimligi axborot-tahlil bo‘limida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tayinlovga qadar Zulayho Mahkamova To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi edi. U Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani uchun bu lavozimni tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing