Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumot uchun, G‘ulomjon Murodxo‘jayev 1979 yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1999 yilda Namangan davlat universitetini, 2010 yilda Prezident  huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1999 yilda Namangan viloyati Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari boshqarmasi yetakchi mutaxassisligidan boshlagan. 

2005–2016 yillarda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Namangan viloyat monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Namangan shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan.
 
2016–2020 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. 

U 2020 yildan hozirga qadar Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritayotgandi. 

G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining 2021 yil 18 yanvardagi qarori bilan viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing