Namangan shahrining hududi kengaytiriladi 

Jamiyat

image

Namangan shahriga unga chegaradosh bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on tumanidan yer qo‘shib beriladi. Bu haqda “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumani, shuningdek Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori loyihasida belgilangan.

Qaror loyihasida Namangan shahrini “millionli shahar”ga aylantirish maqsadida unga chegaradosh bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,4 gektar yer maydonini qo‘shib berish, hududda “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu qarorning qabul qilinishi natijasida aholini munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida shahardagi mavjud savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida, shuningdek maydoni 164,2 gektar bo‘lgan 4 ta kichik sanoat zonasida 41,0 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga erishiladi.

Tahlillarga ko‘ra, “millionli shahar”larda boshqa shaharga nisbatan iqtisodiy o‘sish darajasi yuqori bo‘ladi va aholi jon boshiga daromad tez o‘sadi. Iqtisodiy tarmoqlar diversifikatsiyasi kuchayadi hamda tarmoq klasterlarini tashkil qilish mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, “millionli shahar”lar mamlakat YAIMni o‘sishida drayver vazifasini bajaradi. Majlisda qaror loyihasi qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing