Namangan shahar hokimining o‘rinbosarlari almashdi

Jamiyat

image

Namangan shahar hokimligi apparatining muhim lavozimlarida o‘zgarish bo‘ldi. Xususan, shahar hokimining 3 nafar o‘rinbosari o‘zgardi. Bu haqda shahar hokimligining telegramda kanalida xabar berildi.

Unga ko‘ra, Muzaffar Abdullayev Namangan shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Muzaffar Abdullayev 1984 yilda Namangan viloyatining Uychi tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2007 yilda Namangan viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i yordamchiligidan boshlagan. 

2009 —2017 yillarda Namangan viloyat moliya boshqarmasida bosh iqtisodchi, sektor mudiri, bo‘lim boshlig‘i vazifalarida ishlagan. 2017—2019 yillarda Namangan shahar moliya bo‘limi mudiri bo‘lgan.

2019 yildan hozirga qadar Namangan shahar hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Jobir Abdullayev Namangan shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi

Jobir Abdullayev 1984 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2005 va 2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutini muhandis-quruvchi va muhandis-energetik yo‘nalishlarida tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006 yilda “Namangan elektr tarmoqlari” OAJda elektromontyorlikdan boshlagan. 2008—2010 yillarda shu jamiyatda muhandis, yetakchi muhandis bo‘lib ishlagan.

2010—2013 yillarda Namangan tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i bo‘lgan.

2013 yildan hozirga qadar Namangan shahridagi “Istiqbol” elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Ayubxon Bobomirzayev Namangan shahar hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi

Ayubxon Bobomirzayev 1971 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1993 yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2003 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti va 2005 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1994 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutida assistentlikdan boshlagan. 

2018 yildan hozirga qadar shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing