Nagelsman “Bavariya”da ko‘rishni istaydigan ikki futbolchini aytdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining gigant jamoalari har doim  eng yaxshi iste’dodlar uchun bozorda kurash olib borgan. Ammo ko‘plab eng kuchli futbolchilar hatto “Bavariya”  uchun ham yetib bo‘lmaydigan cho‘qqi hisoblanadi.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe dunyodagi hech bir klub uchun ortiqchalik qilmaydi. Bu haqda “Bavariya” ustozi Nagelsman “Amazon Primye” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Mbappe dunyodagi hech bir klub uchun ortiqchalik qilmaydi. Ammo bizda Kilianni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyat yo‘q. Shuningdek, menda Frenki de Yongning ham o‘yini yaxshi taassurot qoldiradi”, degan Nagelsman.

Ma’lumot o‘rnida, fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening keyingi manzili “Real Madrid” ekanligi tobora oydinlashmoqda. Frenki de Yongning esa “Barselona” bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing