Nafaqadagi ofitser rashk sabab qotilga aylandi
Olam
−
22 Oktabr 2019
5993Rossiya poytaxti Moskvada Ichki ishlar vazirligining iste’fodagi 63 yoshli polkovnigi Vyacheslav Pimenov yosh xotinining sevgilisini otib o‘ldirdi. Bu haqda MK xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 63 yoshli ofitser 38 yoshli rafiqasi bilan munosabatlari buzilgan bo‘lishiga qaramay, bir uyda yashashni davom ettirgan, Bir muncha vaqt o‘tgach, ayol o‘z sevgilisini kvartiraga olib kirgan.
Iste’fodagi ichki xizmat xodimi bunga dosh berolmadi. U to‘pponchani oldi va raqibiga o‘q uzdi.
Jabrlanuvchi og‘ir qon yo‘qotgani sabab voqea joyida vafot etdi. Pimenov favqulodda yordam xizmatiga kelgan politsiyaga taslim bo‘ldi.
LiveBarchasi