Na temir yo‘l, na havo yo‘llari jahon standartlariga javob beradi - Mirziyoyev
Jamiyat
−
21 yanvar 2020
5106“Transport sohasida birinchi qadam ham yo‘q. Na temir yo‘l, na havo yo‘llari jahon standartlariga umuman javob bermaydi. Uzoq-uzoq qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi ham mazkur masalalarda noroziligini bildirmoqda. Hukumat bu sohalarda o‘z vazifalarini yetarli darajada bajara olmayapti”, deydi davlat rahbari.
Avval xabar berganimizdek, bugun, 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisi boshlandi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Majlisda Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi kamchiliklarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Yoqilg‘i-energetika sohasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Uning balansini o‘z o‘rniga qo‘ymasak, mamlakat sanoati, iqtisodiyotini yaxshilashimiz juda qiyin kechadi. Afsuski, bu sohalar yillar davomida korrupsiya botqog‘iga botib keldi.
Bundan 30-40 yil avval bizda geologiya sohasi katta salohiyatga ega ilmiy soha bo‘lgan. Bizda geologlar bormi deb savol berilsa, yo‘q deb javob bergan bo‘lardim”, deydi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 yanvar kuni Qonunchilik palati deputatlarining yig‘ilishida ishtirok etgan Mirziyeyov geologlar masalasiga alohida to‘xtalgandi. O‘zbekistonda yer osti boyliklari ko‘pligi, ammo ulardan oqilona foydalanish va ularni ishlab chiqarishda yetarli malakaga ega mutaxassislar yo‘qligini aytgandi.