“Nyukasl” “Manchester Siti” yarim himoyachisiga qiziqmoqda
Sport
−
10:03 416 1 daqiqa
Angliyaning “Nyukasl Yunayted” jamoasi “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Niko Gonsalesni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Nyukasl” 24 yoshli futbolchini shu yozda “Arsenal”ga o‘tgan Bruno Gimaraynsning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Gonsales 2025 yil fevral oyidan buyon “Manchester Siti” safida to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Ispaniyalik yarim himoyachining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri “Barselona”ga o‘tgani va klub bilan 2030 yilga qadar shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi