“Nyukasl” Azarni qanchaga sotib olmoqchiligi ma’lum

Sport

image

Madridning “Real” klubi futbolchisi Eden Azar kelasi transfer mavsumida “qaymoqranglilar” safini tark etishi mumkin. “Todofichajes” nashri xabariga ko‘ra,  belgiyalik futbolchi Angliya Premer ligasiga qaytishi mumkin.

Nashrda ta’kidlanishicha, “Nyukasl” hali ham yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Klubning yangi rahbarlari Edenning transferi uchun 40 million yevroga yaqin mablag‘ ajratishga tayyor.

O‘z navbatida,  “qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres ham Azarning muvaffaqiyatsiz o‘yinlari va doimiy jarohatlari tufayli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Transfer yanvar oyidagi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Joriy mavsumda Azar La ligada 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.  

Ma’lumot uchun, “Real” 2019 yilda Edenni “Chelsi”dan 115 million yevroga sotib olgandi. Transfermarkt portali ayni paytda belgiyalikni 25 million yevroga baholagan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing