Nyu-Yorkdagi tutun sabab JCH finali qoldiriladimi? (video)

Sport

image

Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida Nyu-York shahri va uning atrofida havo sifati yomonlashganiga qaramay, 2026 yilgi Jahon chempionati finalini boshqa kunga qoldirish rejalashtirilmagan. Bu haqda “The National” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, havo sifati bilan bog‘liq muammolar final uchrashuvi o‘tkaziladigan Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahriga jiddiy xavf tug‘dirmayapti. Biroq atmosferadagi havo odatdagidek toza bo‘lmasligi qayd etilmoqda.

Kanadadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari tufayli yuzaga kelgan qalin tutun Nyu-York shahrini qoplagan. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-Yorkda havo sifati indeksi (AQI) avval 179 bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 208 ni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich “juda zararli” daraja sifatida baholanadi.

Nyu-York gubernatori Keti Xokul ham o‘rmon yong‘inlari tufayli paydo bo‘lgan tutun va yuqori haroratning birgalikdagi ta’siri shtatdagi havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida ogohlantirgan. U aholini noqulay ob-havo sharoitlariga jiddiy yondashish va salomatligini diqqat bilan kuzatib borishga chaqirgan.

Shunga qaramay, Jahon chempionati finali belgilangan reja asosida o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bahsda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 19 iyul kuni (Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi) AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing