Nyu-Yorkdagi “Turk uyi”ga kim hujum qilgani aniqlandi
Olam
−
24 may 2023
10712AQSH Nyu-Yorkdagi “Turk uyi”ga uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchini qidirmoqda. Bu haqda Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi
Aytilishicha, Turkiya rasmiylari tergov ishlari natijasida gumonlanuvchining shaxsini aniqladi. U Giresun viloyatida ro‘yxatga olingan va Turkiyada “tanaga zarar yetkazish, tahdid qilish va giyohvand moddalar saqlash” aybi bilan sudlangan Rajab Oqbiyik bo‘lib chiqqan. Turkiya hukumati ma’lumotni Nyu-York politsiya departamenti (NYPD)ga yetkazgan.
NYPD tergovni kuchaytirgan va gumondor yashagan uysizlar boshpanasida reyd o‘tkazgan. Gumonlanuvchi haqidagi hisobotda uning ruhiy muammolari borligi qayd etilgan. Rajab Oqbiyik hamon qidiruvda.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li esa Anqara Qo‘shma Shtatlardan Turkiya diplomatik vakolatxonalarini zarur himoya bilan ta’minlashini kutayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni Nyu-Yorkdagi Manhetten hududida Turkiya Bosh konsulligi joylashgan “Turk uyi” binosiga hujum uyushtirilgandi. U yerda Turkiya prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish jarayoni o‘tayotgan bo‘lgan.
LiveBarchasi