Nyu-Yorkda yuk mashinalari ichidan o‘nlab chiriyotgan jasadlar topildi

Olam

image

AQSHning Nyu-York shahrida bir nechta yuk mashinasida o‘nnab chiriyotgan jasadlar topildi. Yuk mashinalari Bruklin okrugidagi dafn idorasi yaqinida topilgan.Bu haqda “New York Times” xabar berdi. 

Nyu-York koronavirus epidemiyasining AQSHdagi epimarkazi bo‘lib turibdi. Sutka davomida virus yuqtirganlar soni kamayayotgan bo‘lsa ham, har kunlik qurbonlar soni hokimiyat vakillarini dahshatga solyapti.

Politsiyaga soat 11:00 larda qo‘shni uylarda yashovchi fuqarolar xabar bergan. Ular avtomobillardan kelayotgan noxush hiddan shikoyat qilgan. Yetib kelgan politsiya xodimlari yuk mashinalarida o‘nlab chiriyotgan jasadlarni topgan.

Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, yuk mashinasidagi qancha odam koronavirusdan vafot etgani noma’lumligicha qolyapti.

Amaldorlardan biri dafn idorasi muzlatkich kameralari qolmagani uchun jasadlarni yuk mashinasida saqlaganini ma’lum qilgan.

Politsiya holat bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 1 mln 64 ming 572 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 61 669 nafari vafot etgan va 147 411 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

jasad N'yu-York koronavirus

Baholaganlar

1114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing