Nyu-Yorkda Pablo Pikassoning kartinasi 103 mln dollarga sotildi
Madaniyat-san’at
−
14 May 2021 8341 1 daqiqa
Pablo Pikassoning 1932 yilda chizilgan “Derazada o‘tirgan ayol“ (“Mariya Tereza”) asari Christie’s kechki kim oshdi savdosida 103 million dollarga sotildi. Bu haqda kim oshdi savdosining Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, asarning yakuniy qiymati 90 million dollarni tashkil etgan, ammo barcha qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda rasmning kelajakdagi egasi 103,41 million dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.
Oldingi safar “Derazada o‘tirgan ayol“ asari 2013 yil fevral oyida kim oshdi savdosiga qo‘yilgan edi. Keyinchalik u London kim oshdi savdosida noma’lum kolleksionerga 28,6 million funtga (komissiya bilan 44,8 million dollarga) sotilgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr