Nyu-Yorkda metro stansiyasini suv bosdi (video)

Olam

Kecha, 1 sentyabr kuni kechqurun Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi “28–ko‘cha” yerosti metro stansiyasini suv bosdi.  Bu haqda mahalliy nashrlardan biri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oltita metro poyezdi suv ostida qolgan, yo‘lovchilar esa evakuatsiya qilingan.  Ayni damda “Metro-North” va “Long Island Railroad” bekatlarini tutashtiruvchi stansiyalar yopilgan.

Ma’lumot uchun, bir necha kundan beri Nyu-Yorkda kuchli suv toshqinlari yuz beryapti. Toshqinga doimiy ravishda yog‘gan yomg‘ir sabab bo‘lgani aytilmoqda. Shuningdek, Midtaun mahallasidan 24 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Nyuark aeroporti ham suv ostida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Nyu-York shahridagi metro tizimi faoliyatida uzilish yuz berib, 83 ta metro poyezdi to‘xtab qolgan edi. Oqibatda 550 dan ortiq yo‘lovchilar poyezd relslari ustidan yurib, keyingi bekatga piyoda yetib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing