Nyu-Yorkda mashina piyodalarni bosib ketdi 

Olam

image

Bruklinning Nyu-York hududida avtomobil katta tezlikda piyodalar olomonini ustiga bostirib bordi. Oqibatda bir ayol halok bo‘ldi. Bu haqda “The New York Post” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vafot etgan ayol 67 yoshda bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida to‘rt kishi, jumladan, sakkiz yoshli bola jarohatlangan. Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, bolaning va ikki kishining ahvoli og‘ir, yana bir kishi yengil tan jarohati olgan.

Nyu-York yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa kecha, 25 iyun kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 19:15 da Ralf-avenyu va Makdonou ko‘chasi burchagida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashina olomonni urib ketganidan so‘ng, boshqa avtomobil bilan to‘qnashib ketgan, keyin esa avtobus bekatiga borib urilgan.

Politsiya piyodalarni urib ketgan avtomobil haydovchisi allaqachon qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. 

Huquq-tartibot idoralaridagi gazeta manbalarining ta’kidlashicha, u olomon orasiga haydagan mashina qidiruvda bo‘lgan. Politsiya raqamlarni tekshirish uchun mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lganda haydovchi tezlikni oshirib, piyodalarga borib urilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing